Erik Garsiya "Sevilya"ga qarshi o‘yin oldidan jarohat oldi.
"Barselona" futbolchisi La Liganing 10-turida o‘z jamoasining asosiy tarkibidan joy olgandi, biroq qizib olish paytida u o‘ng sonining qo‘shimcha mushaklarida noqulaylik his qildi.
Murabbiylar 23 yoshli futbolchini maydonga tushirmaslikka qaror qilindi. Uning tarkibdagi o‘rnini Ansu Fati egalladi.
Bahs kataloniyaliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.