Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Barchasi uchun rahmat, «Maestro»!

Barchasi uchun rahmat, «Maestro»!

Baho:
+ | -

Futbolda katta yulduzlar juda ko‘p, albatta. Ammo «Barselona» afsonasi Andres Inyesta kabi hamma-hammaning hurmatini birdek qozonganlari sanoqli.

Mana, futbol olami shunday benazir yulduzni ham nafaqaga kuzatdi. «Barselona» klubi va Ispaniya milliy jamoasi hayotida chuqur iz qoldirgan, hamisha olijanobligi bilan ajralib turgan zargarona uzatmalar «maestro»si professional faoliyatiga nuqta qo‘yganini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi. 40 yoshli yarim himoyachi 1996-2018 yillar oralig‘ida «Barselona» tizimida shug‘ullangan va to‘p surgan. Andres bu oraliqda asosiy jamoa libosida barcha turnirlar hisobidan 674ta o‘yinda qatnashib, 57ta gol va 136ta assist qayd etgan. U keyinchalik Yaponiyaning «Vissel Kobe» va BAAning «Emireyts» klublarida o‘ynadi. Alohida aytish kerak, Inyesta Ispaniya termasi bilan Yevropa chempionatida 2 marta, JCHda esa bir bora zafar quchdi. Kutilishicha, Inyesta endi o‘zini murabbiylik rolida sinab ko‘radi. U yangi sohadagi ishini Ispaniya yoshlar jamoalarida boshlash niyatida.

- Andres, futboldan ketar chog‘i «Barselona»dagi faoliyatingizni qanday xotirlaysiz? 

- Aytishim shart emas, gap hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborgan jamoa haqida ketmoqda. «Barselona» hayotim mazmuniga aylandi. Shunday jamoada bo‘lish, barcha yosh toi­fasi aro yuksalish, professional darajada «Barca» oilasini ifodalash, uning sharafini himoya qilish, chiroyli futbolkasini kiyib maydonga tushish... Bahosi yo‘q noyob sayohat. Xullas, klubga bog‘liq yaxshi xotiralarimning chek-chegarasi yo‘q.

- 2018 yili negadir hayotingiz mazmunidan voz kechib, Yaponiyaga yo‘l oldingiz. Buning asl sababini hozir aytarsiz...

O‘shanda faoliyatimdagi eng murakkab qarorlardan birini qabul qilgandim. «Barsa»dan kechib, Yaponiyaga ketishda ko‘nglimdan nimalar o‘tgani faqat o‘zimga ayon. Qandaydir xavotir yo‘q emasdi. To‘g‘ri, hozir aytishim kerak, Osiyoda qoyilmaqom tajriba orttirdim. Yaponiyada hamma menga yordam qo‘lini cho‘zdi va ajoyib hikoya yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Oila sifatida ham eng go‘zal davrni boshdan o‘tkazdik. Yaponlar bizni aqlga sig‘mas darajada, xuddi qadrdonlaridek kutib olishdi, zo‘r munosabatda bo‘lishdi. «Vissel Kobe»dagi har lahzada barchasini yaqqol his qildik. «Barsa»dan ketganim sababi? Bunisi endi tarix...

- Unda savolni boshqacharoq qo‘yamiz: faoliyatingizni «Barselona»da yakunlash imkoniyati bormidi?

- Yashirmayman, butsalarimni aynan qadrdon klubimda mixga ilishni rejalashtirgan edim, ammo Kataloniyada hamisha 100 emas, 300 foiz kuch bilan harakatlanish talab etiladi. Bunaqasi men uchun imkonsiz ekanligini tushungach, keskin qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi. Chunki hech qachon o‘yin masalasida oqsoqlanishni, o‘z haqimda salbiy fikrlar tug‘ilishini istamaganman. «Barsa» bilan hech narsaga yaramay qolgan futbolchi sifatida xayrlashish menga umuman yarashmasdi. Oddiy ayt­ganda, «Barsa» muxlislari Inyestani yuqori notada kuzatib qo‘yishlarini xohladim.

- Nega aynan hozir futboldan ketishni lozim topdingiz? 

- Yo‘q, butunlay chetga chiqmayman, chunki futbolsiz yasholmayman. O‘zimga qolsa, 90 yoshgacha o‘ynagan bo‘lardim, ammo hayot qonunlariga bo‘ysinish kerak. Hozir oxirgi kungacha chinakamiga kurashganim bilan faxrlanishim mumkin. Butun faoliyatimni bitta ibora bilan ta’riflash so‘ralsa, shubhasiz, javob beraman - g‘urur! 

- Faoliyatingiz davomidagi eng muhim va baxtli xotira qaysi? 

«Barselona»dagi debyutim. To‘g‘rirog‘i, 2ta baxtli lahzaning ahamiyati teng: Bryuggeda debyutni nishonlaganim va «Bernabeu»da Rekreativo»ga qarshi bahsda ilk marta maydonga tushganim.

- Futbolda bosib o‘tgan yo‘lingizga nazar solsangiz, avvalo, nimalarni o‘ylaysiz? 

- Men uchun «Barselona» libosini kiyish orzu edi. Bor e’tiborni shu orzu ro‘yobiga qaratganman. Bunda birinchi navbatda, otamning hissasi katta. Futbolda erishgan barcha yutuqlarim uchun aynan undan qarzdorman.

- Qadrdon do‘stingiz Xavining «Barselona» bosh murabbiyi rolidagi ishi haqida nima deya olasiz?

- O‘ta noxush holat... Lekin murabbiylikda shunga o‘xshash achchiq tajribaga hamisha tayyor turishingiz kerak. Bilamanki, Xavi bundan ko‘prog‘iga qodir va munosib edi.

- Hozirgi «Barselona» yoqyaptimi?

Umid qilamanki, Diter-Xans Flik «Barselona»da uzoq vaqt qoladi va klubga katta foyda keltiradi. U yaxshi ishlayapti va shunday davom etadi, menimcha. 

- «Barselona»ning ayni tarkibi chakki emas. Qiziq, kimlar bilan birga o‘ynashni istardingiz? 

- Ansu Fati, Pedri va ter Shtegenni o‘z jamoamda ko‘rishga qarshi chiqmasdim.

- Pedrini asosan sizga taqqoslamoqdalar...

- Ajoyib. Vaqtida meni Laudrup va Gvardiola bilan solishtirishgandi. Pedri o‘z iste’dodi bilan katta faoliyat yaratish imkoniyatiga ega. U meni o‘z kumiri sifatida aytgani? Pedrini qancha ko‘p kuzatsam, o‘rtamizdagi o‘xshashliklar yaqqolroq ko‘rin­yapti.

FAKT

Andres Inyesta faoliyatini tarixdagi eng intizomli futbolchilardan biri sifatida yakunladi. Diqqat qiling, professional darajada jami 1016ta o‘yin o‘tkazgan ispaniyalik «maestro» biror marta qizil kartochka olmagan.

Andres Inyestaning futbol sayohati 

raqamlarda

O‘yin - 1016ta

Gol - 107ta

Assist - 191ta

Sovrin - 40ta

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:29, 23.10.2024.
O'qildi: 3046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.