Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/12 00:45 Lechche - Yuventus
02/12 01:00 Real Sosyedad 2-0 Betis
03/12 00:45 Roma - Atalanta
03/12 01:00 Sevilya 1-1 Osasuna
03/12 23:00 Malyorka - Barselona
04/12 00:30 Ipsvich - Kristal Pelas
04/12 01:15 Lester - Vest Xem

Abduqodir Husanov APLda o‘ynash uchun talablarga javob beradimi? Mutaxassis javob berdi

Abduqodir Husanov APLda o‘ynash uchun talablarga javob beradimi? Mutaxassis javob berdi

Baho:
+ | -

Futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov APLda o‘ynashi uchun talablarga javob bera olishi haqidagi savolga javob berdi.

Uning fikricha, Angliya chempionatida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish uchun futbolchi ba’zi mezonlarga ko‘ra baholanadi.

Misol uchun, FIFA reytingida 31 dan 50 gacha bo‘lgan terma jamoa o‘yinlarida 70% yoki undan ko‘proq o‘yin vaqtiga ega bo‘lish. Ammo O‘zbekiston termasi TOP-50 ga kirmagani bois, o‘zbekistonlik futbolchilar bir necha mezonlar yig‘indisidan kelib chiqib, 15 ochko to‘plashlari kerak.

10 dan 14 gacha yoki undan ham kamroq ball to‘plash orqali ham Premyer Ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish variantlari mavjud. Ammo unda klub maxsus komissiya ko‘rib chiqishi uchun ariza topshirishi kerak bo‘ladi. Bunda, masalan, futbolchi alohida holatlarda 15 ochko to‘plagan bo‘lardi, deb isbotlash kerak. Istisno sifatida ariza berishning yana bir varianti sportchining “yosh futbolchi” sifatida e’tirof etilishidir. Joriy mavsum uchun ushbu toifaga 2003 yil 1 yanvardan oldin tug‘ilgan futbolchilar kiradi. Ya’ni, 2004 yilning 29 fevralida tug‘ilgan Abduqodir Husanov yana bir yarim mavsum oliy ligada yosh sanaladi.

Ehtimol, unga istisno sifatida ariza kerak emasdir. Uning turli mezonlarni hisobga olgan holda olishi mumkin bo‘lgan ochkolarini hisoblab chiqamiz.

1. Milliy terma jamoa o‘yinlari

O‘zbekiston milliy terma jamoasi reytingda TOP-50 ga kirmagani uchun o‘zbekistonlik futbolchi olishi mumkin bo‘lgan maksimal 2 ochko. Bunda u shu vaqtga qadar ikki yil davomida maydonda kamida 90% o‘yin vaqtida qatnashgan bo‘lishi kerak. 80—89% uchun 1 ball beradi. Husanovning ko‘rsatkichi hamon 80 foizdan past, shuning uchun u terma jamoa o‘yinlari uchun ochko ololmaydi.

2. Mahalliy chempionatdagi daqiqalar

Dunyodagi barcha ligalar 6 toifaga bo‘lingan. Husanov to‘p suradigan Liga 1 birinchi toifaga kiradi. Taqqoslash uchun O‘zbekiston Superligasi oltinchi toifadan joy olgan.

Superligada daqiqalar olib kelishi mumkin bo‘lgan maksimal ochko— 2. Agar o‘yinchi Fransiya chempionati o‘yinlarida kamida 90% o‘ynasa, u 12 ochko oladi. Bunday holda, daqiqalar ariza berilgan kundan boshlab 12 oy davomida hisoblanadi.

Joriy yilning yanvar oyidan buyon o‘tkazilgan o‘yinlarni hisobga oladigan bo‘lsak, hozir Husanov 1-ligadagi o‘yinlarning 55 foizida maydonda harakatlandi. Bu natija unga 8 ochko beradi.

3. Qit’adagi klub turnirlaridagi daqiqalar

Bu yerda barcha turnirlar uch toifaga bo‘lingan. UYEFA Chempionlar Ligasi birinchi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi ikkinchi, barcha Osiyo turnirlari uchinchi o‘rinda.

Osiyoda o‘ynashda to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball — 2. Birinchi toifadagi o‘yin vaqti kamida 90% bo‘lsa, 10 ball beriladi.

Husanov 2023—24 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida “Lans” bilan ikkita o‘yin o‘tkazgan. O‘sha o‘yinlar hali ham 12 oylik davrga to‘g‘ri keladi. Ammo Abduqodir o‘yin vaqtining 30 foizdan kamida qatnashgani uchun hech qanday ochko ololmaydi.

Himoyachi 2024—2025 yilgi Yevropa Ligasi saralash bosqichidagi ikkita o‘yinda qatnashdi. Husanov o‘yinning 60% vaqti davomida harakat qildi, bu esa unga 2 ball taqdim etadi.

4. Jamoaning ichki chempionatdagi o‘rni

Agar futbolchi ichki chempionatning kamida bitta o‘yinida ro‘yxatdan o‘tgan yoki mamlakat kubogida o‘yin vaqtining kamida 1 foizini maydonda o‘tkazgan bo‘lsa, jamoa qanday o‘ynaganiga qarab ochkolar beriladi.

Birinchi toifadagi chempionat 6 ochko beradi. O‘zbekiston chempioni unvoni futbolchiga 1 ochko taqdim etadi. Darvoqe, Superligaga o‘tgan Pro Liga jamoasi futbolchilari ham shuncha ochko oladi.

Husanov “Lans” bilan birga Fransiya chempionligiga erishmadi, lekin Yevropa Ligasiga yo‘llanma oldi. Bu unga 2 ochko beradi.

5. Klubning qit’ada turnirlaridagi samarali ishtiroki

Agar “Lans” o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasida guruhidan chiqqanida, Husanov 7 ochkoga ega bo‘lishi mumkin edi. “Lans” bu mavsumda Yevropa Ligasining guruh bosqichiga yo‘l olganida ham, Husanov 2 ochko olgan bo‘lardi. Lekin, afsuski, Abduqodir bu mezon bo‘yicha hech qanday ochko to‘plamaydi.

Darvoqe, o‘tgan mavsumda OFK kubogining hududlararo finaliga chiqish “Abdish-Ota” futbolchilariga 1 ochko keltirgandi.

6. Hozirgi chempionatning darajasi

Bu yerda hamma narsa oddiy. Birinchi toifa uchun — 12 ball, oltinchi — 2 ball.

Liga 1, yuqorida ta’kidlanganidek, birinchi toifada. Ya’ni, Husanov bu toifada 12 ochko jamg‘argan.

“Shunday qilib, Husanovning jami to‘plagan ochkosi:

Milliy terma jamoa uchun — 0;
Liga 1 da o‘ynagan vaqti uchun — 8;
Yevropa Ligasidagi daqiqalar uchun — 2;
Yevropa Ligasiga yo‘llanma uchun —2;
Klubning qit’ada turnirlaridagi samarali ishtiroki —0;
Liga 1 dagi o‘yinlardagi ishtiroki uchun — 12.
Jami: 24 ochko. Hech qanday istisnosiz Abduqodir Husanovning ochkolari Premyer Ligadagi jamoalardan birida harakatlanishi uchun yetarli”, deya xulosa qildi futbol mutaxassisi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:55, 23.10.2024.
O'qildi: 9530 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.