Brayan Rimer Daniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda mamlakat futbol ittifoqi rasmiy xabar tarqatdi.
Mutaxassis bilan shartnoma JCH-2026 yakunigacha mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, hozirgi Millatlar ligasida daniyaliklar Lars Knudsen boshchiligida o‘ynashdi.
Knudsen Evro-2024dan keyin Daniya terma jamoasini tark etgan Kasper Yulmanning o‘rnini egallagandi.
Turnirda jamoa pley-offning birinchi bosqichiga chiqdi va unda turnir mezboni Germaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.