Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Bahrom Mendiboyev: «Akbar Jo‘rayev optimal formaga kirsa, JCHda qatnashadi»

Bahrom Mendiboyev: «Akbar Jo‘rayev optimal formaga kirsa, JCHda qatnashadi»

Baho:
+ | -

Yil yakunida og‘ir atletikachilarimizni mas’uliyatli musobaqalar kutib turibdi. Kattalar terma jamoamiz Bahrayn mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorlanayotgan bo‘lsa, o‘smirlar va yoshlar jamoalarimiz Qatarda o‘tadigan qit’a birinchiligida ishtirok etishadi. Asosiy terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev bo‘lajak startlar oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

– Olib borilayotgan yig‘in ko‘ngildagidek ketmoqdami?
– Hozir barcha terma jamoalarimiz Chirchiqdagi bazada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib boryapti. Hozirgi yig‘inimiz ikkinchi bosqichda bo‘lib, bazaviy texnikalarni oshirish ustida ishlayapmiz.

– Jahon chempionati uchun tarkib aniqmi? Unda Akbar Jo‘rayevni ham ko‘ramizmi?
– Akbar kichik tanaffusdan keyin mashg‘ulotlarga qaytgan. Hozirda yakka tartibda o‘zi yengil mashg‘ulotlarni o‘tkazyapti. Agar musobaqagacha o‘zining optimal sport formasiga kira olsa, uni ham tarkibga kiritishimiz mumkin. Rejaga ko‘ra, 15 noyabrda nazorat mashg‘ulotimiz bor. Unda dunyo birinchiligiga tayyorlanayotgan hamma nomzodlar xuddi musobaqadagidek tosh ko‘tarishadi. Terma jamoaning yakuniy tarkibi va kimning qanday holatda ekani shu vaqtda aniq bo‘ladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:48, 24.10.2024.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик