Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

«Emireyts» - moda haftaligi manzili

«Emireyts» - moda haftaligi manzili

Baho:
+ | -

Sentyabr oyi oxirida London moda haftaligi markaziga aylandi. An’anaga muvofiq, APL yulduzlari ham ko‘rgazmalarga bosh suqishdi.

Bu safar yangilik ham kuzatildi: namoyishlardan biri uchun tarixda ilk marta futbol stadioni - «Emireyts» tanlandi. Gap shundaki, «Arsenal» Afrikadan ilhomlanadigan moda brendi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Britaniya moda brendi - Labrum kelishuv asosida «Arsenal» va Adidas bilan hamkorlikda London klubi stadionini ko‘rgazma sahnasiga aylantirdi. Klub yetakchilaridan biri Deklan Rays esa 2025 yil bahor-yoz kolleksiyasi modeli rolida ko‘rinish berdi. Namoyish chog‘i italiyalik Rikkardo Kalafyori va 17 yoshli Maylz Lyuis-Skelli jamoadoshlarining yangi sohadagi muvaffaqiyatini birinchi qatorda kuzatishdi. Shuningdek, «Arsenal»ning sobiq futbolchisi, amaldagi teleboshlovchi Aleks Skott ham. Aslida bu Labrum London brendining «Arsenal» bilan birinchi hamkorlik ishi emas. Mashhur brend ushbu mavsum Adidas bilan birga klub uchun Afrikaning an’anaviy ranglarida safar futbolkalari va butun ekipirovka (jumladan, ikki xil kurtka, mash­g‘ulotlar formasi, jemper, sport shimlari) tayyorladi. 

«Emireyts»da namoyish etilgan eng noodatiy uslub - bu «Arsenal» futbolkalarining kombinezon varianti. Aytish kerak, kompaniya asoschisi Fode Dumbuya «Arsenal»­ning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U Syerra-Leoneda tug‘ilgan va 12 yoshida Londonga ko‘chib o‘tgan. Dumbuya endilikda moda vositasida G‘arbiy Afrika an’analarini keng tarz­da ko‘rsatishga intilmoqda. Labrum London shiori ham noodatiy - «Emigrantlar tomonidan ishlab chiqilgan». Syerra-Leone jamoasi Parij-2024 Olimpiadasida ushbu brend sport kiyimlarida qatnashganini ham qo‘shimcha qilish o‘rinli. Labrum kompaniyasining asosiy rasmiy do‘koni Londonda joylashgan. Ushbu brend o‘tgan yili Britaniya dizayniga qo‘shgan hissasi uchun nufuzli Yelizaveta II mukofotiga loyiq ko‘rilgandi. 

London moda haftaligi dasturining eng katta voqeligi - Burberry shousi an’anaviy tarzda ko‘plab mashhurlar, jumladan, sport yulduzlarini birlashtiradi. Bu safar shouga Rio Ferdinand va Mark Gexi ham tashrif buyurishdi. Fevral oyidagi shouda esa Son Xyun Min, Bukayo Saka, Ben Chiluell, Martin Edegor, Dele Alli va Garet Beyl kabi futbol namoyandalari ko‘rinish berishgandi.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:08, 24.10.2024.
O'qildi: 940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.