Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Manchini – daho!

Manchini – daho!

Baho:
+ | -

Roberto Manchini bir oy oldin rasman dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyi edi.

Italiyalik Saudiya Arabistoni terma jamoasida 21,5 million funt maosh olgandi. Kelasi uch yil ichida Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasidan 60 million funt oladi.

59 yoshli mutaxassis bor-yo‘g‘i 14 oy ishlab terma jamoani tark etdi. U 2023 yilning avgustida shartnoma imzolagan bo‘lib, unga ko‘ra keyingi to‘rt yil ichida 77 million funt sterling ishlab olishi kerak edi.

Biroq, 18 o‘yinda atigi 7 g‘alabadan so‘ng, Manchini iste’foga chiqarildi. The Sun ta’kidlashicha, bu fakt ham Robertoga shartnomaning to‘liq miqdorini olishiga to‘sqinlik qila olmaydi.

Ajoyib, to‘g‘rimi? Bahrayn bilan o‘yindan keyingi intervyuda o‘zini ishdan haydalishini so‘rab olgandek bo‘ldi:

"Ba’zida o‘yinchilar mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari kerak deb o‘ylayman. Futbolchi bo‘lganimda mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga oldim, chunki bu menejerning aybi deyish oson. Bu juda oson.

Ammo ko‘pincha bunday bo‘lmaydi. Chunki murabbiy jamoani yaxshiroq bo‘lishga o‘rgatsa, shundan so‘ng ba’zi futbolchilar maydonda ma’lum bir sifat ko‘rsatishi kerak. Agar ularda bu bo‘lmasa, muvaffaqiyatga erishish qiyin bo‘ladi", dedi Manchini.

Kiritildi: 19:51, 25.10.2024.
O'qildi: 1577 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик