Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Federiko Valverde: «Menga qolsa, «Oltin to‘p»ni Kroosga tutqazardim...»

Federiko Valverde: «Menga qolsa, «Oltin to‘p»ni Kroosga tutqazardim...»

Baho:
+ | -

«Real»ning hujumni yaxshi ko‘ruvchi yarim himoyachisi Federiko Valverde oktyabr oyidagi FIFA kunlari arafasida France Football nashrining intervyu haqidagi iltimosini rad etmay, jurnalistlarga ma’lum vaqt ajratdi.

Suhbat davomida esa futbolchi Urugvay milliy jamoasi va «Madrid» o‘yinlari haqida fikr yuritdi. U yana o‘zi bilan ishlagan murabbiylarga alohida to‘xtaldi.

Marselo Byelsa haqida

- Tushunarliki, Byelsa qo‘l ostida tinmay ter to‘kish, ko‘p shug‘ullanish talab etiladi. U har bir mashg‘ulotda futbolchilarni ham jismonan, ham ruhan charchatadi. Muhimi, buning natijasi o‘yinlar yakunida ko‘rinadi. Mashg‘ulotlarda doimiy bosim ostida ishlash, intensiv harakatlanish katta kuch olishi tayin, o‘yinlar payti esa bunday og‘ir mehnat bekor ketmaganini tushunasiz. Shuning­-dek, Byelsaning har bir ko‘rsatmasiga e’tibor qaratishingiz shart, aks holda...

Zayniddin Zidan va  Karlo Anchelotti haqida

- Har ikkisi futbolga deyarli bir xil qaraydi. Deylik, Zidan ham, Anchelotti ham futbolchilar bilan ko‘p muloqotga kirishadi. Ya’ni ular avvalo, o‘z rejalarini obdon tushuntirishadi. Lekin har ikkisi o‘ta talabchan. Buni Zidan yoki Anchelotti bilan ishlab ko‘rgan har bir futbolchi tasdiqlashi mumkin. Ular shuningdek, kiyinish xonasida doimiy sog‘lom muhit hukm surishiga qattiq e’tibor qaratishadi.

Himoya va hujumda ishlash haqida

- Himoyaga qarashish majburiyatidan xoli futbolchilar ham bor. Shaxsan men hujumchilarimizning himoyalanish uchun ortga qaytmasliklaridan ortiqcha tashvishlanmayman. Chunki ularning asosiy vazifalari - raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirish. Ha, hujumchilar vaqti-vaqti bilan himoyaviy harakatlarga yordam berishadi, lekin ulardan doimiy ravishda ortga qaytishni talab qilish noto‘g‘ri. Xuddi himoyachilardan 90 daqiqa davomida hujumga qo‘shilishlarini kutolmasligingiz kabi...

Kroos, Modrich va  Kazemiro haqida

- Aynan shu uchlik yonida o‘ynab, yetuk futbolchiga aylandim. Agar menga qo‘yib berishganida, bu yil «Oltin to‘p»ni Kroos qo‘liga tutqazardim - u nafaqat texnik va taktik mahorati, balki insoniy fazilatlari bilan ham hurmatga loyiq.

Yoshlar haqida

- Hali ancha yosh bo‘lsamda, hozir «Madrid» faxriylaridan biriman. Shunday ekan, Endrik va Arda Gyuler kabi yigitlarga qaysidir masalada maslahat berishim yoki yordam taklif etishim mumkin. Zero, vaqtida faxriylar menga ham ko‘p narsalarni o‘rgatishgan, endi barchasini yoshlarga yetkazishim kerak.

Joriy mavsum haqida

- «Real» - dunyodagi eng yaxshi jamoa. G‘alabalarga chanqoqlikni saqlab qolish va maydonga qanday kayfiyatda tushishni nazorat ostiga olsak, bas. Chunki ba’zida o‘yin boshida o‘zimizni juda bo‘sh qo‘yib yuboryapmiz. Agar shu kamchilikni yo‘qotsak, raqiblarimizga yanada qiyin bo‘ladi.

«Oltin to‘p» haqida

- Agar nomzodlarning kuchli 15taligiga kirsam, bag‘oyat xursand bo‘laman, lekin yanada ko‘proq ishlash uchun doim sabab topiladi. Deylik, kelasi yili kuchli o‘ntalikka kirishga intilasiz. Faqat shunday yondashuv bilan o‘sishda davom etishingiz mumkin.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:47, 25.10.2024.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик