"Lester" bosh murabbiyi Stiv Kuper "Nottingem Forest"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:3) so‘ng javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.
- Men o‘yin rivoji uchun javobgarman. Hammamiz javobgarmiz, chunki o‘tkazib yuborilgan gollarda ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ydik, buning uchun raqib bizni jazoladi. Uchinchi gol bizni yo‘q qildi," - deya Kuperning so‘zlarini keltirmoqda BBC Sport.
Keyingi turda "tulkilar" "Ipsvich" bilan mehmonda o‘ynaydi.