Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Aleksandr Xomyakov: «Finaldagi g‘alaba yoqimli, ammo hayot davom etadi»

Aleksandr Xomyakov: «Finaldagi g‘alaba yoqimli, ammo hayot davom etadi»

Baho:
+ | -

Superligada 22-tur bahslari davom etdi. "Andijon" jamoasi bu tur o‘z maydonida "Olimpik" klubini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Juda ham asabiy o‘yin. Jamoalar elitada qolish uchun kurashmoqda. Biz bellashuvning katta qismida ustunlik qildik. Muhim ochko ishlaganimizdan xursandman. Yigitlarga ishtiyoq uchun tashakkur.

— Kubokdagi g‘alabadan so‘ng jamoaning o‘yini yaxshilandi. Bu taktikani to‘g‘ri tanlangani bilan bog‘liqmi?

— Kubokdagi g‘alaba yoqimli, ammo hayot davom etadi. Yana bir bor aytaman. Maydonda futbolchilar harakat qilmoqda. Ularga tashakkur bildiraman.

— Ikki xil bo‘lim ko‘rdik. Sababi nima?

— Raqib barchasini o‘zgartirgan edi. Avvalgidan farqli o‘laroq, "Olimpik" himoyadan harakat qildi. Biz ularning mudofaa chizig‘ini yorib o‘ta olmadik. Shoshildik, xato qildik. Raqib chuqur himoyalanayotganda hujum qilish qiyin. Ikkinchi bo‘limda agressivlik qo‘shdik.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:06, 27.10.2024.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.