Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xummels uchun "Roma"dagi debyut juda omadsiz chiqdi

Xummels uchun "Roma"dagi debyut juda omadsiz chiqdi

Baho:
+ | -

Mats Xummels "Roma" safidagi debyut uchrashuvida avtogol muallifiga aylandi.

Sentyabr oyi boshida rimliklar safiga qo‘shilgan germaniyalik himoyachi "Fiorentina" bilan o‘yinda (1:5) o‘z darvozasiga to‘p kiritib yubordi.

Xummels yangi klubidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi. Futbolchi 67-daqiqada Paulo Dibala o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va 71-daqiqada burchak to‘pi vaqtida to‘pni muvaffaqiyatsiz qaytarib, uni Mile Svilar darvozasi burchagiga yo‘naltirdi.

Qolaversa, 65-daqiqada xuddi Xummels kabi erta kuzda erkin agent sifatida jamoaga kelib qo‘shilgan "Roma" himoyachisi Mario Ermoso maydondan chetlatildi.

Kiritildi: 06:03, 28.10.2024.
O'qildi: 723 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик