Sport sharhlovchilari va tahlilchilari portugaliyalik hujumchi Rafael Leauni futbol haqida ko‘p o‘ylamaslikda ayblasa-da, u o‘z fikrini o‘zgartirmoqchi emas.
Moyze Kinning bayonotida ma’lum bo‘lishicha futbolchilar birgalikda albom chiqarmoqchi.
"Rafa mening do‘stim, oltin yigit. Biz bir-birimizni shuncha vaqtdan beri bilamiz. Hozir esa biz musiqiy albom ustida birga ishlayapmiz", - deya Kin so‘zlarini keltiradi Sportweek.