Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

Murodjon Ahmadaliyev: "P4P yulduzi katta "vizov"larga tayyor emas ekan"

Murodjon Ahmadaliyev: "P4P yulduzi katta "vizov"larga tayyor emas ekan"

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Birinchi yarimengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy da’vogar Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘lgandi.

Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14 dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan prof boks oqshomining markaziy jangida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO)ga qarshi ringga chiqadi. O‘n ikki raundlik jang yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

"Ishga qaytganimdan xursandman. Aftidan, bu P4P yulduzi, ya’ni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir o‘zimga tegishli narsani qo‘lga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq bo‘ladi", — dedi 29 yoshli charm qo‘lqop ustamiz.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy da’vogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining so‘nggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga ko‘tariladi.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 11:33, 28.10.2024.
O'qildi: 2921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.