Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatida uch nafar hamyurtimizdan ikkisi mag‘lub bo‘lib ulgurdi

Sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionatida uch nafar hamyurtimizdan ikkisi mag‘lub bo‘lib ulgurdi

Baho:
+ | -
Bugun Albaniya poytaxti Tirana shahrida sport kurashlari bo‘yicha no olimpiya vazn toifalarida jahon chempionati start oldi.

Uch kun davom etadigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

Turnirning ilk kuni doirasida yunon-rim kurashi ustalari — Abdullo Aliyev (72 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (82 kg) gilamga chiqdi.

Aliyev saralash bosqichida qirg‘izistonlik Iriskeldi Xamzayevni 2:1, nimchorak finalda moldovalik Mixay Petichni 7:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Chorak finalda esa Abdullo Fransiya vakili Ibrahim Mahmud Ganemga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Jalgasbay Berdimuratov esa saralashda armanistonlik Karen Xachatryanni 6:0, nimchorak finalda qozog‘istonlik Yevgeniy Polivadovni 9:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Vengriya vakili Erik Szilvassiga qarshi chorak final bahsida esa hamyurtimizga omad yetishmadi — 1:6.

Endilikda ularning raqiblari finalga yo‘l olgan taqdirdagina vakillarimiz o‘tish bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqaning erkin kurash bahslarida 79 kg vaznli Mirzo Hayitov O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Kiritildi: 22:47, 28.10.2024.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.