"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi niderlandiyalik mutaxassis Rud van Nistelroy Erik ten Xagning ishdan bo‘shatilganiga munosabat bildirdi.
"Hozir menda aralash his-tuyg‘ular. Ten Xag meni "MYU"ga qaytardi. Garchi biz ko‘p ishlamagan bo‘lsak-da, men hamisha undan minnatdor bo‘laman. Men uning ketishini eshitib, xafa bo‘ldim," - deya Ruddan iqtibos keltiradi "qizil iblislar" matbuot xizmati.