Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Real Madrid” muxlislari Vinisius tufayli Ronalduning sevgilisiga “hujum qildi”

“Real Madrid” muxlislari Vinisius tufayli Ronalduning sevgilisiga “hujum qildi”

Baho:
+ | -1

Vinisiusning muxlislari “Oltin to‘p”ni topshirish marosimidan so‘ng “Rodri” ismli yulduzlarga ommaviy ravishda “hujum qildi”.

“Manchester Siti” klubi futbolchisi Rodri “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, braziliyalik muxlislar ispaniyalik futbolchining barcha familiyadoshlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali “hujum” qilmoqda.

Dastlab argentinalik Rodrigo De Paul va qo‘shiqchi Oliviya Rodrigoning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari birinchi bo‘lib jabr ko‘rdi. Muxlislar sharhlarda futbolchi mukofotga noloyiq ekanini yozish bilan birga sahifa egasini haqoratlar bilan “siylagan”.

Voqealar shu bilan tugamadi: muxlislar tasodifan Rodrigo Bentankur, Rodrigo Rikelme, Xames Rodriges, shuningdek, 17 yoshli Rodrigo Moragani “nishonga olgan”. Hatto Vinisiusning “Real Madrid”dagi jamoadoshi Rodrigo Goes ham do‘stining muxlislaridan jabr ko‘rdi.

Krishtianu Ronalduning sevgilisi Jorjina Rodrigesning sahifasida ham muxlislar “Oltin to‘p”ni Vinisiusga qaytarishni talab qilishgan.

Rodrining o‘zi hech qachon ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochmagan va ularni ongli ravishda rad etadi. BBC podkastiga bergan intervyusida u yoshligida Internetga qaram bo‘lishni xohlamaslikka qaror qilganini aytgan.

“Men onlayn do‘stlar izlashim shart emas. Men haqiqiy, jonli uchrashuvlarni qadrlayman. Ijtimoiy tarmoqlar foydali bo‘lishi mumkin, ammo men uchun oddiylik va haqiqiy aloqalar muhimroqdir”, deya ta’kidlagan futbolchi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” futbolchisi Rodri 2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibiga aylandi. Rodri o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” bilan birgalikda Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, Ispaniya termasi bilan Yevro g‘olibiga aylandi va ushbu turnirning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Sovrin uchun da’vogarlar beshligiga “Real”ning uch nafar futbolchisi kirgan: Vinisius, Dani Karvaxal va Jud Bellingem.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 18:57, 30.10.2024.
O'qildi: 9166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.