Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

MMA. Aleks Pereyra va Magomed Ankalayev UFC 310 turnirini qutqarib qolishlari mumkin

MMA. Aleks Pereyra va Magomed Ankalayev UFC 310 turnirini qutqarib qolishlari mumkin

Baho:
+ | -
2024 yilning eng so‘nggi raqamlangan UFC turniri 7 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu UFC 310 turnirining markaziy jangi bo‘lishi belgilangan yarimo‘rta vaznning amaldagi promoushen chempioni amerikalik Belal Muhammad hamda qozog‘istonlik da’vogar Shavkat Rahmonov o‘rtasidagi to‘qnashuv kamar sohibining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo sabab bekor qilingandi. 

Xabarlarga qaraganda, yarimog‘ir vazn toifasida UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyra hamda rossiyalik da’vogar Magomed Ankalayev o‘rtasidagi jang UFC 310 turnirini saqlab qolishi mumkin. Hamma gap jangchilarning qisqa muddatda bu taklifni qabul qilishida qolmoqda. 

Tashkilot ayni paytda har ikki jangchi bilan muzokara olib bormoqda. Ankalayev ham, Pereyra ham oktyabr oyida jang o‘tkazishgan va bir oy ichida yana oktagonga chiqishlari qiyin masala bo‘lsa kerak.

Kiritildi: 05:48, 02.11.2024.
O'qildi: 1837 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик