«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta klub yarim himoyachisi Tomas Parti bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida gapirdi, shuningdek, uning jamoadagi faoliyati haqida gapirdi.
«U atigi 31 yoshda va u haqiqatan ham yaxshi joyda va ha, biz muzokaralar olib boramiz... U ayni paytda maydonda qilayotgan ishlarini bajarish uchun juda tirishqoqlik bilan ishlaydi va menimcha, u turli pozisiyalarda turli talablar bilan juda yaxshi o‘ynaydi. U biz uchun katta o‘yinchi,» - deya Artenaning so‘zlarini keltirmoqda «Arsenal» matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Partining klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi.