Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Tottenxem» kelasi yozda «Arsenal» darvozabonini sotib olishi mumkin

«Tottenxem» kelasi yozda «Arsenal» darvozabonini sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Valyadolid»da ijara asosida o‘ynayotgan «Arsenal» darvozaboni Karl Xeyn yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

"Football Insider" xabariga ko‘ra, ikkinchi darvozabon pozisiyasini mustahkamlashga umid qilayotgan «Tottenxem» estoniyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, Xeynning «Arsenal» bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, demak u qishda yangi klubi bilan muzokara olib borishi mumkin.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida estoniyalik futbolchi «Valyadolid» safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va shulardan uchtasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Darvozabonning transfer narxi atigi uch million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 18:27, 03.11.2024.
O'qildi: 1043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик