Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/12 00:45 Roma 1-0 Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano 0-0 Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted 4-4 Bornmut

Dog‘iston rahbari Artur Beterbiyevga uy sovg‘a qildi

Dog‘iston rahbari Artur Beterbiyevga uy sovg‘a qildi

Baho:
+ | -
Dog‘iston Respublikasi rahbari Sergey Melikov yarimog‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev bilan uchrashdi.

Beterbiyevga dog‘istonlik muxlislar va homiylar so‘ragan kvartira sertifikati topshirildi.

"Men ham barcha boks muxlislari kabi jangni boshidan oxirigacha tomosha qildim. Raqib munosib edi. Dog‘iston, Checheniston va umuman butun Kavkaz siz uchun muxlislik qiladi va sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Sizni barchamiz o‘z bokschimiz, hamyurtimiz, birodarimiz deb bilamiz va g‘alaba sizniki ekanligidan juda xursandmiz. 

Sizning qo‘lqoplaringiz men uchun qadrli joyga osilgan. Kichkina qarindoshlarim meni ko‘rgani kelganlarida, har doim bular kimning qo‘lqoplari ekanligini aytaman. Xudo sizni panohida asrasin, jarohatingizdan xalos bo‘ling va mashg‘ulotlarga yangi kuch bilan qayting.

Dog‘istonda muxlislaringiz ko‘p. Dog‘iston sizning vataningiz, siz va oilangiz uchun qulay sharoitlar bo‘lishi kerak. Biz sizni juda qadrlaymiz va har qanday vaziyatda ham siz bilan birga bo‘lishga tayyormiz", deya Melikovning so‘zlarini keltiradi Dog‘iston Respublikasi rahbari ma’muriyati matbuot xizmati.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:15, 04.11.2024.
O'qildi: 929 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.