"Yuventus" yarim himoyachisi Kefren Tyuram Pol Pogba bilan taqqoslashni ma’qullamadi.
"Men o‘zimni "Yuventus"dagi Pogbning vorisi deb his qilyapmanmi? Yo‘q, mutlaqo yo‘q. Men taqqoslashni yoqtirmayman. Ikkinchi Pol Pogba bo‘lishi mumkin emas, chunki u ajoyib odam. Men o‘zimning eng yaxshi versiyam bo‘lishni istayman," - deya jurnalist Alfredo Pedulla joriy yilning iyul oyida Fransiyaning "Nissa" klubidan Turin klubiga ko‘chib o‘tgan Kefren Tyuramning so‘zlarini keltiradi.