Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Gvardiola: "Bunday mag‘lubiyatdan keyin biror narsa deyish qiyin"

Gvardiola: "Bunday mag‘lubiyatdan keyin biror narsa deyish qiyin"

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Sporting"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin (1:4) matbuotga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bunday hisobda mag‘lub bo‘lganingizda ko‘p narsa deyish qiyin. "Sporting"ni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo‘limda biz ajoyib o‘ynadik, lekin biz o‘z imkoniyatlarimizni golga aylantirmadik va raqiblarimiz yaratgan hamma vaziyat bizga qarshi ishladi. Birinchi bo‘limda o‘yinga nuqta qo‘yishimiz kerak edi.

Hozir biz natijalar bo‘yicha qiyin davrdamiz, lekin men bu yerda bo‘lish, kurashish va taslim bo‘lmaslikdan manfaatdorman, bu chaqiruv men uchun qiziq.

Himoyadagi rotasiya tufayli muammo bormi? Balki, bilmayman. O‘yinlar qancha ko‘p bo‘lsa, bitta tarkib bilan o‘ynay olmaysiz", - deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TNT Sports.

Kiritildi: 05:30, 06.11.2024.
O'qildi: 1963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик