Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/02 21:00 Traktor 0-2 As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod 7-0 Al-G‘arafa

Gvardiola: "Yaxshi formamizga qaytishimiz uchun nima qilishimiz kerakligi haqida o‘ylayapman"

Gvardiola: "Yaxshi formamizga qaytishimiz uchun nima qilishimiz kerakligi haqida o‘ylayapman"

Baho:
+ | -

Pep Gvardiola Ruben Amorim bilan bo‘lajak uchrashuvlar haqida gapirdi.

Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida Amorimning «Sporting» jamoasiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Portugaliyalik murabbiy tez orada «Manchester Yunayted»ga o‘tadi.

"Biz ular bilan ikki marta Premyer-ligada va ehtimol Angliya kubogida uchrashamiz. Chempionlar ligasida bu sodir bo‘lmaydi.

Men uchrashgan barcha murabbiylardan, jumladan, Rubendan ham o‘rganaman. Tushunishingiz kerakki, men «Yunayted» bilan bo‘lajak to‘qnashuvlar haqida emas, balki eng yaxshi formamizga qaytishimiz uchun nima qilishimiz kerakligi haqida o‘ylayapman.

Amorim nimaga erishishini bilmayman. U bizdan ko‘ra muvaffaqiyatli bo‘ladimi, bilmayman. Biz kutishimiz kerak.

Albatta, men uni ko‘rganimdan va unga eng yaxshi tilaklarimni bildirganimdan xursandman, lekin keyingi ikki, uch, to‘rt yil ichida Ruben bilan nima bo‘lishini bilmayman. Bu savolga faqat Rubenning o‘zi javob bera oladi", - dedi Gvardiola.

Kiritildi: 20:59, 06.11.2024.
O'qildi: 635 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.