Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Grigoriy Kolosovskiy: «Samvel Babayan — «Lokomotiv» jamoasi va murabbiylar shtabi rahbari»

Grigoriy Kolosovskiy: «Samvel Babayan — «Lokomotiv» jamoasi va murabbiylar shtabi rahbari»

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur o‘yinlari start oldi. «Lokomotiv» jamoasi bu tur safarda «Dinamo»ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikki tomon uchun ham. Ikkala jamoa ham g‘alabani istadi, biroq bizga omad kulib boqdi. Xohish ham bizda ko‘proq edi. So‘nggi daqiqalarda tavakkal qilib g‘alabani ilib ketdik. Biz oxirigacha kurashish va 3 ochko uchun kelgan edik.

— Jamoaning elitada qolish imkoniyati qanday?

— Imkoniyat har doim bor. Albatta, raqiblar ham uxlayotgani yo‘q. O‘zimizda vaziyatdan chiqish uchun kuch topishimiz kerak. Bunday katta va tarixga ega jamoa ligada qolishi uchun harakat qilamiz.

— Samvel Babayan bugun qaydnomaga klub rasmiyi sifatida kiritildi. U sizga yordam beradimi?

— Ha, u bu jamoa va murabbiylar shtabi rahbari. Strategiyani va o‘yinlar uchun taktikani belgilab beradi. Samvel Babayan klubda faoliyat olib bormoqda.

— Futbolchilarning bor kuchini maydonga tashlab chiqib ketgani haqida fikringiz?

— Albatta, ko‘p narsa o‘xshamadi. Ko‘prog‘ini istagan edik. Yakunda, ishtiyoq evaziga g‘alabani ilib ketdik. Bizga jismoniy tayyorgarli pand bermoqda, ammo xarakter ko‘rsatdik.

— Sanjar Tursunovning qaydnomada yo‘qligi nima bilan bog‘liq?

— Bu klubning ichki ishi. Buni hal qilamiz. U jamoa sardori. Biz bilan emasligi yaxshi emas. U biz bilan bo‘lishi kerak.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:07, 08.11.2024.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.