Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Amad Diallo: "Bugun "MYU" nima uchun eng yaxshi jamoalardan biri ekanligini ko‘rsatdik"

Amad Diallo: "Bugun "MYU" nima uchun eng yaxshi jamoalardan biri ekanligini ko‘rsatdik"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Amad Diallo Yevropa ligasi doirasida PAOKga qarshi o‘yindagi g‘alabadan so‘ng (2:0) fikr bildirdi.

Kot-d'Ivuarlik futbolchi "qizil iblislar"ning ikkala goliga ham mualliflik qildi - u o‘yinning 50 va 77-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

"Evropa musobaqalaridagi oldingi g‘alabamizdan beri ancha vaqt o‘tgandi. Bugun biz "Manchester Yunayted" nima uchun eng yaxshi jamoalardan biri ekanligini ko‘rsatdik. G‘alaba qozonish muhim edi.

Bu mavsum menga omad kulib boqmayotgandi, shuning uchun urgan ikkita golimdan juda xursandman, lekin eng muhimi g‘alaba. Muxlislar bilan bayram qilishni, odamlarni xursand qilishni yaxshi ko‘raman", — dedi 3 oktyabrdan beri ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan Diallo TNT Sports telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 08:56, 08.11.2024.
O'qildi: 504 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик