Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Mareska: "Ushbu o‘yinda hammasi unchalik oddiy bo‘lmadi"

Mareska: "Ushbu o‘yinda hammasi unchalik oddiy bo‘lmadi"

Baho:
+2 | -

Enso Mareska "Noa" ustidan qozonilgan g‘alaba (8:0) qiyinchiliksiz bo‘lmaganini ta’kidladi.

"Ushbu o‘yinda hammasi unchalik oddiy bo‘lmadi, chunki hamma bizdan g‘alaba qozonishimizni kutgandi, biroq biz bu masalaga professional va jiddiy yondashishimiz kerak edi. Bugun esa asosiysi futbolchilar jiddiylik va professionallik ko‘rsatishdi.

Ayniqsa, biz o‘yindan o‘yinga tarkibni o‘zgartirishga harakat qilayotganimizdan juda qoyil qoldim. Yaxshi ishlaydi. Bizda yaxshi o‘yinchilar bor va biz ularning o‘yin vaqtini olishlarini istaymiz. Ulardan ba’zilari Konferensiya ligasida, ba’zilari Premyer-ligada o‘ynaydi, lekin ularning har biri har bir uchrashuvda o‘ynashni xohlaydi.

Biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz, eng muhimi, xuddi shu ruhda davom etish. Tanaffusgacha yana bitta o‘yinimiz bor, shundan so‘ng ba’zi futbolchilar dam olishlari mumkin.

Men barcha hujumkor o‘yinchilarni maydonga tushirmoqchiman, ammo himoyada muvozanat kerak" - dedi "Chelsi" bosh murabbiyi TNT Sports telekanalida.

Kiritildi: 09:11, 08.11.2024.
O'qildi: 552 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик