«Sporting» markaziy hujumchisi Viktor Dyokeresh joriy mavsumni ancha sermahsul o‘tkazib, muxlis va mutaxassislarning e’tiborida bo‘lib turibdi. Jurnalistlar 26 yoshli shvesiyalik futbolchidan kumirlari kim ekanligini so‘rashgan.
«Mening kumirlarim? Zlatan, Neymar va Messi», - degan Dyokeresh.
Viktor joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda 23 ta gol urib, 4 ta assist berdi.