Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Milliy jamoalar futbolidagi eng uzun g‘alabasiz seriyalar

Milliy jamoalar futbolidagi eng uzun g‘alabasiz seriyalar

Baho:
+ | -

Ojizgina San-Marino terma jamoasi Yevropa Millatlar ligasi-2024|2025 guruh bosqichi 1-turida naq 20 yil kutilgan g‘alabani rasmiylashtirdi. Shu tariqa milliy jamoalar futboli tarixidagi eng uzun g‘alabasiz seriya uzildi. Qiziq, terma jamoalar miqyosida ko‘p qismli serial misoli davom etgan 5ta eng uzun g‘alabasiz yurish qaysi mamlakatlar vakillariga tegishli?

5-uzun seriya - Lixten­shteyn milliy jamoasi. Lixtenshteynliklar qatorasiga 42ta o‘yindan buyon g‘alaba ko‘chasiga kirolmayaptilar. Yevropaning mitti mamlakati bosh jamoasi oxirgi marta 2020 yilning oktyabr oyida g‘alaba nashidasini surgandi.

4-uzun seriya - San-Marino milliy jamoasi. San-Marinoda terma jamoaga 1990 yili asos solingan. Mitti mamlakat fuqarolari esa jamoaning ilk g‘alabasini 14 yil kutishgan. Oddiy aytganda, San-Marino termasi 2004 yilning apreligacha, ketma-ket 63ta o‘yin­da g‘alaba qozonish missiyasini bajarolmagandi. Ushbu noxush seriya Lixtenshteyn termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida uzilganini qo‘shimcha qilish o‘rinli. 

3-uzun seriya - Lyuksemburg milliy jamoasi. Lyuksemburgliklar 1995 yil oktyabr - 2007 yil fevral oralig‘idagi 83 o‘yindan loaqal 1tasini g‘alaba bilan tugatisholmagandi. 12 yillik g‘alabasiz yurish...

2-uzun seriya - Andorra milliy jamoasi. 86ta o‘yinni o‘z ichiga olgan yana bir uzun salbiy seriya. Andorra bosh jamoasi ushbu omadsiz sahifani 2004 yilning noyabrida ochib, 2017 yilning fevralida yopgan edi.

1-uzun seriya - San-Marino milliy jamoasi. Yana San-Marino termasi. Bu jamoa yaqinda Lixtenshteyn termasini yagona gol evaziga dog‘da qoldirishiga qadar naq 143ta o‘yinda biror raqibdan ustun kelolmagandi. Dahshatnamo seriya yoxud serial 2004 yilning aprelida boshlangan edi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:59, 09.11.2024.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.