Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chempionlik – bu faxr, bu g‘urur»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Chempionlik – bu faxr, bu g‘urur»

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. «Nasaf» jamoasi bu tur o‘z maydonida «So‘g‘diyona» klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida ko‘p to‘xtalmoqchi emasman. Biz uchun asosiy voqea bugungi bayram edi. Oldimizdagi maqsadga erishganimizdan xursandmiz. Muxlislarimiz va o‘zimizning orzumizga erishdik. Bu tarixiy voqea bilan barcha muxlislarimizni, klub rahbariyatini, jamoamiz a’zolarini, mehnat qilgan va qo‘llab-quvvatlagan insonlarni tarixiy voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman.

— Chempionlik bilan tabriklaymiz. Kelasi yil ham chempionlik kutamiz...

— Bu qashqadaryoliklar, «Nasaf» muxlislari uchun tarixiy voqea. Bu faxr, bu g‘urur. Bunday yutuqlar har doim ham bo‘lavermaydi. Juda xursandmiz. Bugungi o‘yinni hech kim eslamasa kerak. Ammo bugungi kunni tarixiy kun, chempionlik nishonlash sifatida uzoq yillar eslab qolinadi.

— «Nasaf» kelasi yili Elit chempionlar ligasida o‘ynaydi. Keyingi yilga qandaydir o‘zgarishlar kutsak bo‘ladimi?

— Bilasizlar, bu ham bizning bir yutug‘imizki, jamoaning darajasini, saviyasini ancha ko‘tarib oldik. Men shuncha yildan beri ushbu jamoa bilan birgaman. Qachon Kubokni yutarkanmiz yoki qachon xalqaro maydonda o‘ynarkanmiz, deb orzu qilardik. Hozirgi darajamizni ko‘rib ko‘pchilik xursand bo‘ladi va havas qilishadi. Shuning uchun bu darajamizni ushlab turishimiz kerak. Chunki biror mavqega chiqadigan bo‘lsak, bunga munosib bo‘lish lozim. Albatta, bu borada klubimiz ish olib boradi. Bunga imkoniyatimiz va sharoitimiz bor. O‘ylaymanki, oldimizga yanada yuqori maqsadlar qo‘yiladi.

— 4 ta Kubokni yutish og‘irroqmi yoki bir marta Superligani yutishmi?

— Chempion bo‘lish yoqimliroq. Chunki biz 7 ta Kubok yutganmiz. Lekin buni his qilish, muxlislar bilan nishonlash boshqacha ekan. Shu sababli endi faqat chempionlikka harakat qilishimiz kerak. Oldingizdagi maqsadga erishsangiz bundan yaxshiroq xursandchilik yo‘q. Tarixda birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdik. Juda xursandmiz. Buning qadri va xursandchiligi katta.

— Yoshi ulg‘aygan futbolchilarning taqdiri nima bo‘ladi?

— Bu – futbol. Buni tushunishimiz va to‘g‘ri qabul qilishimiz lozim. Qayerdadir tajribali o‘yinchilar kerak. Ammo jamoalar oldiga yoshartirish maqsadini ham qo‘yish mumkin. Buni chuqurroq o‘ylab, maslahatlashib, keyin qaror qabul qilamiz. Kimdir xizmat qilib, jamoamizga katta yordami tegib xayrlashgan taqdirimizda ham barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Keyingi yil bo‘yicha hali aniq muhokama qilinmagan.

— Qaysi chiziqlar sizni ko‘proq tashvishlantiryapti?

— Chiziqlarni qo‘ying, biz hozir chempionmiz (kuladi).

— «So‘g‘diyona» chempion jamoani ikkala uchrashuvda ham bir xil hisobda taslim etdi. «Nasaf» uchun «So‘g‘diyona» nimasi bilan noqulay raqib?

— Baribir o‘yin haqida gapirishga to‘g‘ri keldi. Ko‘rdinglar, biz raqibdan ancha ustun o‘ynadik. O‘yin mazmuni bo‘yicha ham. Ular gol urishdi, biz esa gol urolmadik. Birinchi davradagi uchrashuv takrorlangandek bo‘ldi. O‘shanda ham ustunlikka erishgandik. Lekin ba’zida bizga noqulay raqib bo‘ladi. Al Husaynni ham ko‘rdinglar, jamoamizdan unchalik ustun emasdi. Lekin ikkala uchrashuvda ham yutqazdik. Bu – futbol. Shuning uchun bu narsani qabul qilishimiz lozim. Buni alohida muhim jihati yo‘q. Ko‘p jamoalarni ikkita o‘yinda ham yutganmiz. Qaysidir klub esa bizni 10 martalab ham yuta olmayapti. Bu statistika, bunga men qiziqmayman. Muhimi, natijaga erishdik.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:05, 10.11.2024.
O'qildi: 1246 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.