Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Liverpul" bosh murabbiyi Slot Anchelottining 15 yil oldingi yutug‘ini takrorladi

"Liverpul" bosh murabbiyi Slot Anchelottining 15 yil oldingi yutug‘ini takrorladi

Baho:
+ | -

"Liverpul" Arne Slott qo‘l ostida ajoyib natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda.

Shanba kuni "qizillar" o‘z maydonida "Aston Villa"ni mag‘lub etib (2:0) APL turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Squawka xabariga ko‘ra, Slot 2009 yildan beri debyut mavsumida Premyer-ligadagi 11 ta o‘yinning kamida to‘qqiztasida g‘alaba qozongan birinchi murabbiy bo‘ldi. Bundan 15 yil oldin, o‘sha paytda Londonning "Chelsi" klubini boshqargan Karlo Anchelotti bu ishni uddasidan chiqqandi.

"Liverpul" 11-turdan keyin 28 ochkoga ega. Mersisaydliklar ikkinchi o‘rindagi "Manchester Siti"dan 5 ochko oldinda.

Kiritildi: 08:37, 10.11.2024.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик