Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Isroil rasmiylari fuqarolariga Fransiya bilan o‘yinga kelmaslikni tavsiya qildi

Isroil rasmiylari fuqarolariga Fransiya bilan o‘yinga kelmaslikni tavsiya qildi

Baho:
+ | -

Isroil hukumati o‘z fuqarolariga terma jamoaning Millatlar Ligasi doirasidagi Fransiya bilan o‘yiniga bormaslikni tavsiya qildi.

Avvalroq Fransiya ichki ishlar vaziri Bruno Retaillot Amsterdamdagi voqealar fonida o‘yinni keyinga qoldirishga qarshi chiqqandi: "Bu zo‘ravonlik va antisemitizmga yon berish bilan barobardir".

Yevropa Ligasi doirasidagi “Ayaks” —“Makkabi” uchrashuvidan (5:0) so‘ng, Isroil klubi muxlislariga ketma-ket hujumlar uyushtirilgandi.

Hujumlar tufayli Isroil hukumati o‘z fuqarolariga kelgusi haftada sport musobaqalariga bormaslikni maslahat berdi. Ayniqsa, Fransiya—Isroil o‘yiniga tashrif buyurishni xohlovchi muxlislarni ogohlantirdi.

"Milliy xavfsizlik kengashi xorijdagi isroilliklarga ehtiyot choralarini ko‘rishni tavsiya qiladi, ayniqsa kelgusi haftada isroilliklar ishtirok etadigan sport va madaniy tadbirlarga, xususan, Isroil terma jamoasining Parijda bo‘lib o‘tadigan o‘yiniga bormaslikni maslahat beradi”, deyiladi Bosh vazir idorasi xabarida.

Ma’lumot uchun, 14 noyabr kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida Millatlar ligasining 5-turi doirasidagi Fransiya – Isroil o‘yini bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu o‘yinda xavfsizlikni ta’minlash uchun jami 4000 polisiya xodimlari va jandarmlar safarbar qilinadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:01, 11.11.2024.
O'qildi: 682 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.