Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Sobiq hakamning to‘tiqushi «Real» tomon

Sobiq hakamning to‘tiqushi «Real» tomon

Baho:
+ | -

Ispaniyalik sobiq hakam Paxares Pas kutilmagan noqulay holatga tushib qoldi.

TV-kanalning jonli efiri vaqti uning to‘tiqushi qo‘qqisdan «Real Madrid» madhiyasini kuyladi. Ajabo, qushga «Qirollik klubi» gimnini kim o‘rgatganikin...?

G‘alati voqelik. Sobiq hakam o‘z uyida turib, jonli efirda uzatiladigan El Chiringuito ko‘rsatuviga ulandi. Paxares Pas qaysidir masalada gapirayotgan vaqt esa uning ortida turgan to‘tiqush birdan «Real Madrid» madhiyasini kuylay boshladi. Shunda sobiq hakam turli imo-ishoralar bilan qushni to‘xtatishga urindi, ammo u gimnni kuylashdan to‘xtagani yo‘q. 

Izoh. Keyingi safar ko‘rsatuv mualliflari Pasni studiyaga chaqirishdi (ko‘rinishidan, kutilmagan voqelik qayta takrorlanmasligi uchun). Xullas, sobiq referi to‘tiqush xonishiga to‘xtalib, o‘zini oqladi. Aniqrog‘i, qush aslida qiziniki ekanligini ta’kidladi.

G‘alati qushlar. Paxares shuningdek, jonli efirda La Liganing yana bir sobiq hakami to‘tiqushining nozik tomoni haqida so‘zlab berdi. «Urizar Aspitarte ham gapiruvchi to‘tiqush boqadi. Esimda, bir safar uning uyiga borganimda, qush nogahon so‘z qotdi: «Atletik», «Atletik»! «Barsa» iborasini eshitganida esa, tilidan boshqacha so‘z chiqdi: «Jo‘jaxo‘rozlar!» - dedi Paxares Pas.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 11.11.2024.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.