Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta
18/02 22:45 Qorabog‘ 1-6 Nyukasl
18/02 23:15 An-Nasr (SA) 1-0 Arkadag'
18/02 23:15 Al-Ahli Doha 1-0 Sepohon
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Barpo etilayotgan Sport tibbiyoti markazlarining loyihalari muhokama markazida

Barpo etilayotgan Sport tibbiyoti markazlarining loyihalari muhokama markazida

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasi hududida eng so‘nggi qulayliklarga ega tibbiyot markazi ham barpo etilmoqda. Sport vazirligida ob’ekt foydalanishga topshirilgach uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Vazir Adham Ikramov boshchiligida o‘tgan uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Kamol Sirojitdinov ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi Adham Ikramov sport tibbiyotining bugungi kundagi ahamiyati, terma jamoalarimizning so‘nggi yutuqlarida mazkur yo‘nalishning ham katta hissasi borligini e’tirof etdi. Shu bois, bo‘lajak tibbiyot markazi oldinda turgan g‘alabalar uchun ham salmoqli ulush qo‘shishi lozimligini bildirdi.

Uchrashuv davomida ob’ektning zamonaviy texnikalar bilan jihozlanishi, atletlarimiz uchun ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni yanada yaxshilash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish borasida so‘z yuritildi. Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanida qurilayotgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar markazi hududidagi Sport tibbiyoti va reabilitasiya bo‘limi loyihasi ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ham ko‘rib chiqildi. Unda Oybek Kasimov umumiy jarayon haqida ma’lumot berib, mavjud masalalar hal qilinayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:36, 13.11.2024.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.