Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Deku Yamalning "El Klasiko"da inobatga olinmagan goli haqida fikr bildirdi

Deku Yamalning "El Klasiko"da inobatga olinmagan goli haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Deku aprel oyidagi "El Klasiko"da Lamin Yamalning hisobga olinmagan goli bilan bo‘lgan epizod haqida gapirdi.

O‘tgan mavsumda La Liganing 32-tur uchrashuvida "Real" o‘z maydonida "Barselona" ustidan g‘alaba qozongan (3:2).

O‘yinning 28-daqiqasida "Barselona" vingeri Yamal burchak to‘pidan unumli foydalandi. To‘p qisman darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi, ammo darvozabon Andrey Lunin uni bartaraf etdi.

Bosh hakam Sesar Soto Grado gol yo‘qligini ko‘rsatdi, biroq videoassistent bilan bir necha daqiqa maslahatlashdi. Yakunda hakam o‘z qarorini tasdiqladi.

– Laminning Bernabeudagi goli, "Barselona"ning so‘zlariga ko‘ra, to‘p chiziqni kesib o‘tgan va buning uchun klub STAdan suratlar so‘ragan. Ular biror narsa yuborishganmi?

- Bilmayman, bu klubning yuridik bo‘limiga berilgan savol, lekin menimcha, biz so‘rov qildik, ammo keyin nima bo‘lganini bilmayman. O‘ylaymanki, shikoyat qilish o‘rniga futbolni hamma uchun tushunarli qilishga harakat qilish kerak. Bu nafaqat "Barselona"ning muammosi, balki butun futbolning muammosi.

Ertaga "Atletiko" uchun yomon qaror bo‘lishi mumkin, "Madrid", "Sevilya", "Rayo", "Valyadolid"ga qarshi... Biz hozir peshqadammiz va balki bu bizga zarar keltirmas, lekin tasavvur qiling-a, bu turda hal qiluvchi nuqta bo‘lganida, chempionlik hal qiladigan yoki quyi ligaga tushib ketish o‘yini bo‘lganidachi... "Barselona" jabr ko‘rdi, deb noligandan ko‘ra, biz tushunmoqchimiz.

O‘ylaymanki, bu futbol, La Liga va boshqa klublar bilan bunday holat takrorlanmasligi uchun foydali bo‘ladi. Biz shikoyat qilmaymiz, chunki yutqazganimiz shuning uchun emas - ular gol urishdi va biz qaytib kelib, o‘yinni o‘zgartira olmadik. Ammo biz bu voqea sodir bo‘layotgan hamma narsaga oydinlik kiritadigan misol yoki kelajakda vaziyatni yaxshilash imkoniyati bo‘lishini istardik" - dedi "Barselona" sport direktori.

Kiritildi: 14:03, 13.11.2024.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.