Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Ronaldu qanday futbolchilar uning jahlini chiqarishini aytdi

Ronaldu qanday futbolchilar uning jahlini chiqarishini aytdi

Baho:
+ | -1

“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoada o‘ynashdan bosh tortayotgan futbolchilardan g‘azablanishini aytdi.

“Portugaliya terma jamoasida o‘ynashni istamaydigan ba’zi futbolchilar meni jahlimni chiqaradi. Milliy terma jamoada o‘ynashdan rohatlaning, vaqt tez o‘tadi! O‘z mamlakatingiz va madaniyatingizni namoyish etishdan yaxshiroq narsa yo‘q”, deya Ronalduning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Portugaliya futbol federasiyasi matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, terma jamoa tarkibida Ronaldu Yevropa chempionati va UYEFA Millatlar Ligasida g‘olib chiqdi. Portugaliyada u to‘rt marta yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Shuningdek,  Ronaldu Portugaliya terma jamoasi va barcha terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar (130 ta gol) hisoblanadi.

Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu “An-Nassr” safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘nta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:12, 13.11.2024.
O'qildi: 2952 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.