Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Rodrigo De Paul – aybsiz aybdor...

Rodrigo De Paul – aybsiz aybdor...

Baho:
+ | -

Vinisius Juniorning «Oltin to‘p»dan quruq qolgani tufayli Argentina milliy jamoasi hamda «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Rodrigo de Paul ham ma’lum darajada zaxmat chekdi

Gap shundaki, braziliyalik vingerning muxlislari argentinalik futbolchini «OT»­ning yangi egasi Rodri bilan adashtirib, uning «Instagram»dagi shaxsiy sahifasiga «hujum» uyushtirishdi: «O‘g‘rilik», «Oltin to‘p»ni o‘z egasiga qaytar».

Ma’lum bo‘lishicha, «Oltin to‘p» marosimida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri asosiy individual sovringa munosib ko‘rilgach, Vinisius Juniorning ba’zi personal muxlislari alam o‘tida «yonib», ijtimoiy tarmoqlar aro ispaniyalik laureatni izlashga tushishgan. Ular shu tariqa «Atletiko» yarim himoyachisi Rodrigo de Paul yuritadigan sahifaga kirishgan va g‘azabnok holatda turli izohlar qoldirishgan. Mana, ayrim achchiq munosabatlarga e’tibor qarating:

— O‘g‘rilik.

— Bu Viniga tegishli.

— Vinini nega tunab ketding?

— «Oltin to‘p»ni o‘z egasiga qaytar.

Eng qizig‘i, «Oltin to‘p» marosimidan keyin argentinalik futbolchi tomonidan qo‘­yilgan ilk post ostida qisqa vaqtda naq 6764 izoh yozilgan. Ularning aksariyatida Rodri qattiq qoralangan, sovringa aslida Vinisius haqli bo‘lgani bayon etilgan. O‘z o‘rnida aytish kerak, Rodri ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifa ochmagan kam sonli futbolchilardan biri hisoblanadi. Aks holda, nima bo‘lardi-ya...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:09, 13.11.2024.
O'qildi: 2032 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.