Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

«PSJ» Xulian Alvares uchun rekord darajadagi taklifni tayyorladi

«PSJ» Xulian Alvares uchun rekord darajadagi taklifni tayyorladi

Baho:
+ | -

«PSJ» «Atletiko» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvares uchun kurashga qo‘shildi. «El Chiringuito TV» xabariga ko‘ra, Parij klubi 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun 120 million yevro va ikki nafar o‘yinchini taklif qilgan.

Parijliklar Alvaresga «Oltin to‘p-2025» sohibi Usmon Dembeleniki bilan bir xil miqdorda — yiliga 22 million yevro maosh to‘lashga tayyor.

Avvalroq OAVda «Barselona» va «Arsenal» jamoalari ham forvardga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Alvaresning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portali futbolchining transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 07:39, 29.05.2026.
O'qildi: 2177 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик