Afsonaviy murabbiy Klaudio Ranyeri «Roma»ni boshqarishini tasdiqladi. Mutaxassisning fikricha, u jamoa oldida turgan barcha muammolarni hal qilishga tayyor.
«Qiyin masalani hal qilish qiyin vazifasi turibdimi? Shuning uchun ham meni jamoaga taklif etishdi. Biz tayyormiz", — dedi italiyalik murabbiy.
73 yoshli italiyalik mutaxassis «Roma»ni 2009-2011 va 2019 yillarda boshqargan. Shu yilning aprel oyida Ranyeri faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.
«Roma» A seriya turnir jadvalida 12 o‘yindan keyin 13 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinda bormoqda.