"Inter" va Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisi Diyego Militoning fikricha, Lautaro Martines "Oltin to‘p"ga loyiq edi.
"Lautaro "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi kerak edi. U ajoyib ishlarni qiladi va mendan ustun ekanligidan xursandman. "Oltin to‘p"ga kelsak, men hayratda qoldim, chunki u osonlikcha g‘alaba qozonishi mumkin edi", dedi Milito TYC Sport nashriga.