Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Angliya terma jamoasida jarohat olgan 9-futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

Angliya terma jamoasida jarohat olgan 9-futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasining xalqaro tanaffusdagi to‘qqizinchi yo‘qotishi "Everton" himoyachisi Jarrad Brantueyt bo‘ldi.

Gresiya va Irlandiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinlariga dastlab 26 nafar o‘yinchini chaqirgan Angliya terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi Li Karsli jarohatlar sababli, darhol sakkiz nafar futbolchi xizmatidan foydalana olmasligi ma’lum bo‘lgandi.

22 yoshli Brantueyt terma jamoaga qo‘shimcha ravishda chaqirilganlar qatorida edi, biroq Jarrad mavsumning dastlabki haftalarida uni bezovta qilgan jarohati tufayli so‘nggi kunlarda jamoadoshlaridan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

Natijada Karsli va terma jamoaning tibbiy shtabi Brantueyt o‘z klubiga qaytishi ma’qulroq, degan qarorga kelishdi. Jarrad o‘rniga "Liverpul"dan Jarel Kuans taklif qilindi, deb xabar beradi Daily Mail.

Kiritildi: 16:04, 14.11.2024.
O'qildi: 1156 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик