Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

Troy Dini Mbappeni "Real"ga o‘tishini xato deb atadi

Troy Dini Mbappeni "Real"ga o‘tishini xato deb atadi

Baho:
+1 | -

"Uotford"ning sobiq futbolchisi Troy Dini Kilian Mbappening "Real"dagi holati haqida gapirdi.

"Men Mbappeni xuddi "Manchester Siti"da Erling Xoland bilan birga bo‘lgan kabi yetishmayotgan bo‘g‘in deb o‘yladim. Mbappe ko‘p gol urishini kutgandim va "Real"ni to‘xtatish deyarli mumkin emas, deb o‘yladim. "PSJ"da u to‘liq erkinlikka ega edi va umidlar unchalik katta emas edi. "Real Madrid"da sizdan La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishingizni kutishadi. Menimcha, bu biroz bosimga olib keladi.

Bilaman, bu g‘alati tuyuladi, lekin Mbappe tabiiy hujumchi deb o‘ylamayman. U chap qanotda o‘ynay olmaydi, chunki u yerda Vinisius Junior bor. Bu vaziyatda "Real" xatoga yo‘l qo‘ydi. Ular o‘yinlarda g‘alaba qozonadigan narsalarni emas, balki futbolkalarni sotadigan nom va brendni tanladilar. Mbappe o‘ng qanotda o‘ynash haqida o‘ylashiga to‘g‘ri kelishi mumkin", dedi Dini.

Kiritildi: 21:28, 17.11.2024.
O'qildi: 995 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик