"Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta raqiblarini qanday aldashini aytdi.
"Murabbiy raqiblarini aldashni yaxshi ko‘radi. U jarohat olgan futbolchilarga klub avtobusiga o‘tirib, yechinish xonasiga sumkalar bilan kirib raqib jamoa murabbiyini chalg‘itishlarini aytadi", - dedi Zinchenko The Athletic bilan suhbatda.
Premyer-liganing 11-turidan so‘ng, 19 ochko bilan "Arsenal" "Chelsi", "Nottingem Forest" va "Brayton" bilan 3–6-o‘rinlarni bo‘lishib turibdi.