Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Buxoro» istisno tariqasida Proliganing 1 ta uchrashuvini o‘z shahrida o‘tkazadi

«Buxoro» istisno tariqasida Proliganing 1 ta uchrashuvini o‘z shahrida o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Shu yilning 10-sentyabr kuni Liga mutaxassislari «Buxoro»ga tashrif buyurib, viloyat futbol akademiyasi qoshida bunyod etilayotgan stadionda o‘rganish ishlarini olib borgandi. Xususan, Liga rahbariyati «Buxoro» viloyati hokimi Botir Zaripov bilan uchrashgandi.  

«Buxoro» klubi 2025 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazishi mumkinligi hisobga olinib, Liga 16-sentyabr kuni viloyat hokimligi, shuningdek, O‘FA hamda Sport vazirligiga stadionni Superliga bellashuvlari uchun moslash yuzasidan o‘z xulosasini taqdim etgandi. 5 noyabr kuni «Buxoro» Superliga yo‘llanmasini naqd qildi. Klub kelasi mavsumdan boshlab uy uchrashuvlarini Buxoro shahrida o‘tkazishi Liga taklifida ko‘rsatilgan masalalar joriy yilning 10 dekabr sanasiga qadar hal etilishi lozim.

Liga taklifida har bir talab batafsil ko‘rsatilgan. 17-18 noyabr kunlari mutaxassislar yana bir karra Buxoroda bo‘lib, hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Shu asosda aytish mumkinki, ayni vaqtda «Buxoro» futbol akademiyasida Proliga uchrashuvini o‘tkazish imkoniyati mavjud. Biroq u hozircha Superliga talabiga javob bermaydi.

Shundan kelib chiqib, Proliga 27-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Aral» uchrashuvi 22 noyabr kuni Buxoro shahrida istisno tariqasida o‘tkaziladi. Mazkur bellashuv «Buxoro» klubining joriy mavsumdagi so‘nggi uy uchrashuvi hisoblanadi.

Ishonamizki, «Buxoro» futbol akademiyasi kelasi mavsumdan boshlab Superliga uchrashuvlarini qabul qilishi uchun barcha ish amalga oshiriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:03, 21.11.2024.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик