Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xerardo Martino bu qarorni avvaldan o‘ylab qo‘ygan

Xerardo Martino bu qarorni avvaldan o‘ylab qo‘ygan

Baho:
+ | -

"Inter Mayami"ni tark etishini e’lon qilgan Xerardo Martino o‘z qarori sabablarini tushuntirdi.

Argentinalik mutaxassis bu lavozimda 2023 yilning iyulidan beri ishlab kelmoqda. Taxminlarga ko‘ra, tez orada Martino o‘rniga boshqa argentinalik Xavyer Maskerano bu lavozimga tayinlanadi.

"Men "Inter Mayami"ni shaxsiy sabablarga ko‘ra tark etishga majburman. Kelgusi yil qaytib kela olmayman, Rosarioda bo‘lishim kerak. Men pley-offning birinchi o‘yini oldidan qaror qabul qildim, lekin o‘yinchilar diqqatini jamlashlari uchun bu haqda ularga aytmadim.

Ketganimizdan so‘ng men sport direktori, xo‘jayin va Leo Messi bilan gaplashdim. Afsuski, ma’lumotlar ommaviy axborot vositalariga sizdirildi", - deya Xerardo Martinoning so‘zlarini keltiradi Inter Miami News Hub.

Kiritildi: 09:35, 23.11.2024.
O'qildi: 345 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик