"Bavariya" va "Milan"ning sobiq futbolchisi Kristian Sige rafiqasi vafoti munosabati bilan motam tutmoqda.
Pia Sige 4-noyabr kuni vafot etdi. "O‘sha paytdan boshlab mening dunyom to‘xtadi", deb yozdi 52 yoshli Sige ijtimoiy tarmoqda.
Ular 1997 yilda turmush qurishdi, er-xotinning Alessandro va Mariya ismli ikki farzandi bor. Futbolchining sobiq klubi "Bavariya" fojiaga munosabat bildirdi - klub matbuot xizmati sobiq futbolchining oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Sige 2005 yilda sportni tark etgan.