Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalarining muhokamalari boshlandi

Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejalarining muhokamalari boshlandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida federasiya va assosiasiyalar mas’ullari bilan yaqin davr uchun rejalar hamda ularni amalga oshirish mexanizmiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Qo‘mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov, shuningdek, Sport vazirligi, MOQ va sport federasiyalar hamda assosiasiyalar rahbarlari va mas’ullari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish avvalida Adham Ilhamovich ixtisoslashtirilgan sport maktablarining faoliyatini tubdan isloh qilish, ularning asosida viloyatlarda Olimpiya tayyorgarlik bazalarini tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Qolaversa, federasiyalar mas’ullariga kuchli xorijlik murabbiylarni jalb qilish, ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, hududlar bilan ishlash bo‘yicha vertikal tizim joriy qilish, joylardagi mavjud infratuzilmani o‘rganish, bo‘yicha topshiriq berdi.

Shuningdek, Otabek Muhammadaliyevich yangi Olimpiya sikliga Muhtaram Prezidentimiz va MOQ raisi Shavkat Mirziyoyevning ishonchlarini oqlagan holda munosib hozirlik ko‘rish lozimligi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni yanada kuchaytirib, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlarida kuchli o‘nlikdan joy olish belgilanganini ta’kidladi. Buning uchun barcha federasiyalar va terma jamoalarga hozirdan tayyorgarlikni boshlash, seleksiya, farmakologiya, diyetologiya kabi jihatlarga ham alohida ahamiyat qaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kun tartibiga asosan muhokama davomida O‘zbekiston taekvondo WT assosiasiyasining yaqin 2 va 4 yillik uchun mo‘ljallangan rejalarining taqdimoti o‘tkazildi. Unda assosiasiya raisi Sherzod Tashmatov kompleks musobaqalarga tayyorgarlik, ushbu sport ommaviyligini oshirish, terma jamoalarning samaradorligini kuchaytirish va ularni asosiy startlarga puxta tayyorlash kabi yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yig‘ilishda kelasi haftadan har kuni 2 tadan federasiya bilan terma jamoalarning bazalariga tashrif buyurgan holda mutaxassislar va barcha mas’ullar ishtirokida ana shunday rejalar muhokama qilinishi, keyingi bosqichda MOQ rahbariyati va mas’ullar Respublikadagi barcha hududlarga tashrif buyurgan holda mavjud vaziyat o‘rganilishi kelishib olindi. Yakuniy xulosa asosida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi tayyorlanishi belgilandi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 16:16, 29.11.2024.
O'qildi: 3516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.