"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibrahima Konate tizzasidagi jarohati sababli 5-6 haftani o‘tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi.
"Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi o‘yin oxirida jarohat olganimdan juda afsusdaman.
Hozir men tiklanish jarayoniga tayyorlanyapman, lekin va’da beraman - yanada yaxshi bo‘lish uchun maydonga qaytaman.
"Enfild"dagi ajoyib qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Biz sayohatimizni davom ettiramiz va men jamoani har qadamda qo‘llab-quvvatlayman", deb yozadi Konate.
Bu mavsumda Konate 18 o‘yinda 2 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.