Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Namangan viloyat hokimi: "Navbahor" o‘z an’analariga ega jamoa"

Namangan viloyat hokimi: "Navbahor" o‘z an’analariga ega jamoa"

Baho:
+1 | -

Bugun bo‘lib o‘tgan Superliganing so‘nggi, 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Andijon” (3:3) uchrashuvining tanaffus paytida Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov "Navbahor" jamoasining kiyinish xonasiga kirib, “Navbahor” futbolchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, quyidagi so‘zlarni gapirdi:

- Bu yilgi mavsum uchun barchanglarga rahmat! O‘zbekiston kubogi finalidan so‘ng, biz klub konsepsiyasini o‘zgartirish borasida o‘ylayapmiz. Biz yaxshi faoliyat olib bordik, shu jumladan, joriy mavsumda ham. So‘nggi to‘rt yil ichida “Navbahor” ikki marta O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi,    kumush medalni qo‘lga kiritdi, Osiyo Chempionlar ligasida qatnashdi. Ko‘p yigitlar harakat qilishdi va buning uchun ularga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoamiz yana o‘sishda davom etadi. Biz bu masalada bosh murabbiy bilan birgalikda ish olib boryapmiz, ayrim futbolchilarga aloqaga chiqdik. “Navbahor” o‘z an’analariga ega jamoa hamda klubni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz.

Bugungi o‘yinda o‘z burchingizni bajargan holda, klub sha’ni uchun maydonga tushib, joriy mavsumni munosib tarzda yakunlaysizlar, degan umiddaman.

Boshqa so‘zga hojat yo‘q. “Navbahor” klubi futbolchilarning shartnomalaridagi majburiyatlari hamda moliyaviy masalalarni tez muddat ichida bajarishga harakat qiladi. Barchaga omad! - dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:50, 01.12.2024.
O'qildi: 1369 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик