Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Islom Mamatkazin: “Mavsum biz uchun omadli kechdi”

Islom Mamatkazin: “Mavsum biz uchun omadli kechdi”

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining iqtidorli himoyachilaridan biri Islom Mamatkazin chempionatning so‘nggi turida “Navbahor” darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Yakunda esa 3:3 hisobi bilan tugaganini yaxshi bilasiz. Islom Mamatkazin esa klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Bu safar ham Navbahorga qarshi o‘yin dramatik tarzda kechdi. O‘yin haqida nima deya olasiz?

- Bu yil “Navbahor”ga qarshi o‘tkazgan har bir uchrashuvlarimiz shiddatli o‘tdi. O‘yin qizg‘in tarzda kechdi, deyishim mumkin.

-  3:3 bilan yakun topishini xayolingizga keltirganmidingiz?

- Hisobni 3:3 bo‘lishi xayolimga ham kelmagandi. Biz maydonga faqat g‘alaba uchun tushgandik. “Navbahor”ni o‘z maydonda yutib kelish niyatimiz bor edi. Yaxshi o‘yin bo‘ldi.

- Siz Kubok finalida ham gol urgansiz va chempionatda ham yana “Navbahor” darvozasiga gol urdingiz. Bu sizni oldingizga qo‘ygan maqsadingizmidi? Ya’ni, kutganmidingiz?

- To‘g‘ri aytasiz, Kubok fiinalida ham “Navbahor” darvozasiga gol urdim. Chempionatda ham namanganliklarga gol urishga erishdim. Bilmadim, menimcha, bu tasodif shekilli. Avvalo, bizni birinchi vazifamiz munosib himoyalanish. Darvozamiz daxlsizligini ta’minlashimiz juda muhim. Har bir uchrashuvda hujumga o‘tganimizda standartlardan maksimal darajada foydalanishga harakat qildik.

- “Andijon” g‘alabaga juda yaqin edi. Oxirgi soniyalarda nima yetishmadi, deb o‘ylaysiz?

- Oxirgi soniyalarda biroz muvozanat yetishmadi, deb o‘ylayman. Balki so‘nggi soniyalar o‘tib borayotgani uchun yutdik, degan xayolga berilgan bo‘lishimiz ham mumkin. Afsuski, oxirida gol o‘tkazib yubordik.

- Umuman olganda, o‘yin hammaga yoqdi. Kubok finalini eslatdimi, sizga yoki...

- To‘g‘ri, shiddatli, zo‘r kechdi. Bizga ham yoqdi. Mana shunday uchrashuvlar qancha ko‘p bo‘lsa, bizga ham yaxshi bo‘ladi. Oxirgi tur bo‘lishiga qaramasdan muxlislarga yoqadigan bellashuv bo‘ldi.

- Bir so‘z bilan aytganda, mavsum qanday taassurot qoldirdi?

- Mavsum omadli keldi. “Andijon” jamoamizni tashkil topganiga 60 yil to‘lgan bo‘lsa, mana shunday yubileyida Kubokni qo‘lga kiritishi hammaga ham nasib qilavermaydi. Bu bizga nasib qilgan ekan. Shuning uchun mavsumni omadli kechdi, deb o‘ylayman.

- Ushbu mavsumda 20 ta o‘yinda 4 ta gol urdingiz va 1 ta golli pasni amalga oshirdingiz. Bunday natija himoyachi sifatida sizni qanday potensialga ega ekaningizni ko‘rsatib turibdi. Ushbu ko‘rsatkich sizni ham qoniqtiradimi?

- Ha, himoyachi bo‘lishimga qaramay, bir nechta gollar urishga muvaffaq bo‘ldim. Ammo bu meni qoniqtirmadi. Chunki bu bilan to‘xtab qolmaslik kerak. Biz yanada ko‘prog‘ini xohlagandik. Mayli, Xudoni aytgani. Kelasi yili bundan ham yaxshiroq natija ko‘rsatishga harakat qilamiz" - dedi Mamatkazin.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 12:44, 02.12.2024.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.