Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ivan Boshkovich: "Yoshlar jamoasi asosiy tarkibdan keyin o‘ynashi mantiqli"

Ivan Boshkovich: "Yoshlar jamoasi asosiy tarkibdan keyin o‘ynashi mantiqli"

Baho:
+ | -

OAVda U-21 jamoalari ishtirokidagi o‘yinlar 2025 yildan boshlab asosiy tarkibnikidan bir kun avval bo‘lib o‘tishi mumkinligi to‘g‘risida xabar e’lon qilingach, "So‘g‘diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Liga bilan bog‘langan va mazkur masalada o‘z pozisiyasini bildirgan.

"Yosh va iqtidorli futbolchilarga yetarlicha o‘yin amaliyotini berishni istaydigan mutaxassis uchun U-21 jamoasi asosiy tarkibdan keyin o‘ynagani ma’qul. Biz bu yo‘nalishda yetarlicha ish olib bordik, deb o‘ylayman. Agar U-21 jamoasi asosiy tarkibdan bir kun avval o‘ynaganida edi, katta ehtimol bilan qator yosh futbolchilarni ertangi uchrashuvga asrashga harakat qilgan bo‘lardik. Bu bilan ular na yoshlar jamoasida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi va na ertasiga asosiyda ko‘p o‘ynashi kafolatlanadi. Chunki asosiy uchrashuvda nimalar bo‘lib ketishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham biz ko‘proq e’tiborni asosiy bellashuvga qaratdik va ertasi kuni kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lganlarni qo‘rqmasdan U-21 jamoasi safida maydonga tushishini ta’minladik", — degan Boshkovich.

Ma’lumot uchun, Ivan Boshkovich U-21 jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarni ham diqqat bilan kuzatib boradigan mutaxassislar sirasiga kiradi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 16:38, 02.12.2024.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик